Preview
Description
Oson Moliya — do‘kon, savdo nuqtasi va kichik biznes uchun hisob. Qog‘oz daftar, kalkulyator va "keyin yozib qo‘yaman" o‘rniga — telefoningizdagi bitta ilova. GAPIRING — FORMA O‘ZI TO‘LADI "Azizga ikkita Coca-Cola, nasiyaga" deb ayting: mahsulot, soni, mijoz va to‘lov turi formaga o‘zi tushadi. Siz faqat tekshirib, saqlaysiz. Ta’minotchidan kelgan nakladnoyni suratga oling — kirim ham shunday to‘ldiriladi. QARZ DAFTARI — TELEFONDA Kim sizga qancha qarz, siz kimga qarzsiz — Asosiy ekranda doim ko‘rinib turadi. Har bir mijoz va ta’minotchi bilan to‘liq hisob-kitob tarixi: sotuvlar, to‘lovlar, qaytarilgan pul. Nasiyaga sotdingizmi — qarz o‘zi yoziladi. OMBOR VA QOLDIQ Kirim qilingan tovar omborga, sotilgani ombordan o‘zi ayiriladi. Qaysi tovar kam qoldi, qaysi biri tugadi — oldindan bilasiz. Bir nechta do‘kon yoki ombor bo‘lsa (Pro), har birining qoldig‘i alohida. KASSA VA FOYDA Naqd, karta va o‘tkazma — har bir kirim-chiqim kassada. Ijara, kommunal, oylik kabi xarajatlar o‘z toifasida. Oy oxirida tushum, xarajat va sof foyda tayyor — kalkulyatorsiz. UY XARAJATLARI UCHUN HAM Shaxsiy hisob turini tanlang: hamyon, oilaviy xarajatlar va do‘stlar bilan qarz-hisob — biznes ekranlarisiz. XAVFSIZ VA QULAY • Kirish faqat telefon raqami va SMS kod bilan • Bir nechta hisob: do‘kon va shaxsiy hisob orasida bir tegishda o‘tish • Ma’lumotlaringiz serverda saqlanadi — telefon almashsa ham yo‘qolmaydi • O‘zbek (lotin), rus va ingliz tillarida • Veb-versiya: app.osonmoliya.uz — kompyuterdan ham ishlash mumkin OSON MOLIYA PRO Asosiy imkoniyatlar bepul. Pro obunasi bilan: • Ovoz va chek rasmi orqali kiritish — kuniga yuzlab marta (bepul tarifda kuniga 15 tadan) • Bir nechta sklad • Sotuv, kirim va kassani Excel’ga eksport Pro oylik yoki yillik obuna sifatida Apple ID hisobingiz orqali to‘lanadi. Obuna joriy davr tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa, avtomatik yangilanadi. Obunani iPhone sozlamalari → Apple ID → Obunalar bo‘limida boshqarish yoki bekor qilish mumkin. Foydalanish shartlari (Oferta): https://app.osonmoliya.uz/api/legal/oferta.html Maxfiylik siyosati: https://app.osonmoliya.uz/api/legal/privacy.html
Technical Analysis
Package Overview Basic metadata
Bundle ID
uz.osonmoliya.app Current Version 1.0.0
Minimum iOS 15.0
Package Size App Store Size
Package Metadata 0 / 0 version records
Detailed binary, privacy manifest, framework, and Info.plist results have not been indexed for this package yet. The verified App Store and archive metadata above remains available.
Developer Information
Known Version Records
0 version records with stored package metadata
Stored metadata does not guarantee a package is currently available to download.
| Details | Version / IDs | Version date | Action |
|---|